date
views 697

O‘zbekistonliklar Tataristonga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 750 dollardan boshlanadi

O‘zbekistonliklar Tataristonga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 750 dollardan boshlanadi

O‘zbekiston fuqarolari Tataristonga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar Tataristondagi “RemServisTransport” korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Bo‘sh ish o‘rinlari:

  • haydovchilik;
  • avtomobillarni ta’mirlovchi;
  • chilangar-ta’mirlovchi;
  • elektrgaz payvandchi;
  • logistika ishlari operatori.

Ma’lum qilinishicha, ish haqi – 75000 rubl (taxminan 750 dollar)dan boshlanadi. Ish vaqti – kuniga 8 soat. Aviachipta va patent (oylik maoshdan qaytarish sharti bilan), yotoqxona ish beruvchi hisobidan qoplanadi. Fuqarolar tanlovga biometrik va xorijga chiqish pasportlari bilan kelishi so‘ralgan. Nomzodga qo‘yilgan talablar:

  • 18-55 yoshgacha bo‘lishi;
  • rus tilini bilishi.

Nomzodlar 15-avgust kuni Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi 4-uy, “Ishga marhamat” monomarkazi binosining 2-qavatiga borishi so‘ralgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklar Tataristonga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 750 dollardan boshlanadi