
Ukraina xavfsizlik xizmati kontrrazvedkasi Kurskdagi aerodromga dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.
Dronlar to‘rtta Su-30, bitta MiG-29, S-300 radarlari va ikkita “Pantsir” zenit-raketa tizimidan uchirilgan. Ukraina ommaviy axborot vositalari 16 ta kamikadze dronidan faqat 3 tasi ko‘zlangan maqsadga erisha olmaganini aytmoqda.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi esa Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Kurskdagi bitta dronni urib tushirgani, u ko‘p qavatli uyga qulagani, oqibatda bir necha qavatdagi kvartiralarning derazalari singanini aytmoqda. Aerodromga qilingan hujum haqida esa ma’lumot berilmagan.


UkrainaDronlarHujumKursk AerodromiMudofaa VazirligiOmmaviy Axborot Vositalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar