Italiyadagi ikki poezd to‘qnashuvi 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

12 iyul kuni Italiyaning janubiy qismida ikki yo‘lovchi poezdi to‘qnashib ketdi. Natijada 11 kishi halok bo‘ldi va bir necha o‘nlab kishi jarohat oldi. Bu haqda “Qalampir.uz” yozmoqda.
To‘qnashuv Korato va Andria shaharlari orasida joylashgan qishloq hududida yuz bergan.
Xabarda yozilishicha, falokat joyida qutqaruv xizmati vakillari, o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda.
To‘qnashuvning qishloq markazida yuz bergani qutqaruv ishlarida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Falokatga aynan nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmadi. To‘qnashuv mahalliy vaqt bilan 11:30 (Toshkent vaqti bilan 14:30)da sodir bo‘ldi. Ikki poezdda necha nafar yo‘lovchi bo‘lgani hali aniqlanmadi.
“Biz bu mudhish voqeaning tagiga etmagunimizgacha to‘xtamaymiz”, deydi Italiya bosh vaziri Matteo Renzi.
Italiyada bunda oldin ham poezd ishtirokida shunga o‘xshash voqea yuz bergan edi. 2009 yilda mamlakatning markaziy qismlaridan birida yuk poezdi relsdan chiqib ketib, yaqin orada yashaydigan 30 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing