
Amerikalik jurnalist va yozuvchi Franklin Foyer “Oxirgi siyosatchi: Jo Baydenning Oq uyi ichida va Amerika kelajagi uchun kurash” kitobini nashr etishga tayyorlanmoqda. Yozuvchi unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Oq uyga tashrifining ayrim tafsilotlarini keltirib o‘tadi.
The Guardian nashri kitob nusxasini qo‘lga kiritgan. Unda ikki siyosatchi o‘zaro kelishuvga erisha olmagani, Kiyevning NATOga a’zolik bo‘yicha agressiv talablari Baydenni “g‘azablantirgani” yozilgan.
Foyer Baydenning 2022-yil fevralida Rossiya bosqinidan keyin Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchiligini olqishlab, AQSH prezidenti “o‘z yoshiga mos odam” ekanini yozgan.
Yozuvchining ta’kidlashicha, Zelenskiy “ushbu voqeadan eski ginalarni” o‘zida saqlagan. Ukraina prezidenti 2021-yil boshida “Shimoliy oqim 2”ni qurgan Rossiya kompaniyasiga qarshi sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarori tufayli Baydenni “kuchsiz” hisoblagani ta’kidlanadi.
Bayden Zelenskiy bilan uchrashishga rozi bo‘lgan, lekin “u haqida yuqoridagi kabi fikrda emas edi”, deb yozadi Foyer.
Prezidentlar uchrashuv oldidan jurnalistlar oldidagi nutqining rasmiy stenogrammasida o‘zaro hurmat va umumiy siyosiy maqsadlar to‘g‘risidagi bayonotlar mavjud.
O‘shanda Bayden 78, Zelenskiy 43 yoshda edi. Katta prezident “yoshning g‘ayratini bostirish uchun ba’zi donoliklarni ko‘rsatishga harakat qildi. Jumladan, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun yetarlicha yordam bo‘lmaganini ta’kidladi.