date
views 371

AQSH matbuoti Havayidagi halokatli yong‘inlar sababini aniqladi

AQSH matbuoti Havayidagi halokatli yong‘inlar sababini aniqladi

Foto: Tamir Kalifa / The Washington Post
Maui orolida yonib ketgan Laxayna shahri yaqinidagi tashlandiq dalalarga beparvolik halokatli yong‘inlarga olib kelgan.

Bunday xulosaga o‘z tekshiruvini o‘tkazgan Washington Post nashri keldi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Laxayna shahrini vayron qilgan yong‘in shahar yaqinidagi tashlandiq, boshqarilmaydigan yer uchastkasidan tarqala boshlagan.

Maqolada ta’kidlanishicha, «Ko‘p yillar davomida yong‘in xavfi haqida qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay, ehtiyotsizlik va davlat resurslarining yetishmasligi o‘simliklarni boshqarish bo‘yicha mazmunli harakatlarga to‘sqinlik qildi».

Tasmaniya universiteti professori Devid Boumen so‘zlariga ko‘ra, «shahar xuddi portlovchi modda solingan bochka bilan qurshalgan» va «uchqun chiqishini kutgan».

Maui orolida fojiali o‘rmon yong‘inlari 9 avgust kuni boshlandi. Tabiiy ofat allaqachon Qo‘shma Shtatlarda o‘tgan asrdagi eng halokatli deb tan olingan. Yetkazilgan zarar 6 milliard dollarni tashkil qildi. Sayyohlar orasida juda mashhur bo‘lgan Laxayna shahri butunlay yonib ketdi.

Orolning 4,5 ming aholisi uy-joysiz qoldi, 115 kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar soni 1100 ga yaqinlashdi. Rasmiylarga ko‘ra, topilgan jasadlarni kimga tegishli ekanini aniqlash nihoyatda qiyin. Orol rasmiylari fojiada mahalliy elektr energetika kompaniyasini ayblamoqda, go‘yoki ular elektr tarmog‘ini kerakli shaklda saqlamagan. Bu ko‘plab qisqa tutashuvlarga olib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH matbuoti Havayidagi halokatli yong‘inlar sababini aniqladi