date
views 657

Putin Erdo‘g‘onni qanday taomlar bilan siyladi?

Putin Erdo‘g‘onni qanday taomlar bilan siyladi?

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidagi tushlik menyusi e’lon qilindi. Bu haqda jurnalist Pavel Zarubin xabar berdi.

Menyudan ikkita gazak, sho‘rva, tanlovga asosan ikkita issiq taom va shirinlik o‘rin olgan. Jumladan, Turkiya prezidenti yarimdudlangan foreldan tayyorlangan bodring va avokadoli salat, pomidor va yernokli barabulka (baliq), mol go‘shtidan xarcho (gruzin sho‘rvasi) bilan mehmon qilingan.

Bundan tashqari, issiq taomlar qatorida ismaloq sous va sabzavotli kefal (mayda dengiz balig‘ining bir turi) yoki grilda pishirilgan qo‘zi go‘shti to‘shi va pyure, desertga esa “Qush suti” shirinligi tortiq qilingan. Shuningdek, dasturxondan ikki turdagi rus vinosi ham o‘rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Erdo‘g‘onni qanday taomlar bilan siyladi?