date
views 380

Blinken Kiyevda: AQSH davlat kotibi tashrif sababini ma’lum qildi

Blinken Kiyevda: AQSH davlat kotibi tashrif sababini ma’lum qildi

Foto: AP Photo

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 6 sentyabr kuni ertalab Kiyevga tashrif buyurdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Blinken dastlab AQSH elchixonasida bo‘lib, so‘ng Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan birga Berkoves qabristoniga tashrif buyurgan. Mazkur qabristonda Rossiya bosqinida halok bo‘lgan ukrainaliklar dafn etilgan.

Kuleba Blinken “Kiyevdagi kunini halok bo‘lgan qahramonlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan boshlagan birinchi hamkasbi” bo‘lganini ta’kidlagan.

Bugun men ukrainalik hamkorlarimiz bilan uchrashish va ular bilan davom etayotgan qarshi hujum, bo‘lajak yordam va qayta qurish sa’y-harakatlarini muhokama qilish, eng muhimi, AQSHning Ukrainaga bo‘lgan qat’iy sadoqatini mustahkamlash uchun Kiyevga keldim”, — deya Blinken tashrif sababini aytgan.

AQSH davlat kotibi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Bu Blinkenning urush boshlanganidan keyin Kiyevga uchinchi rasmiy tashrifidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blinken Kiyevda: AQSH davlat kotibi tashrif sababini ma’lum qildi