Prigojinning “vasiyati” tafsilotlari paydo bo‘ldi: “Vagner”ni endi kim boshqaradi?

Prigojinning “vasiyati” tafsilotlari paydo bo‘ldi: “Vagner”ni endi kim boshqaradi?

Foto: Anton Elizarov o‘ng tomonda /V1ru

Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi komandirlari Krasnodar o‘lkasidagi Molkinodagi bazaga qaytdi. U yerda yangi rahbar tayinlash jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda manbalarga tayanib, Rossiyaning “VCHK-OGPU” loyihasi xabar berdi.

Bazada qo‘mondonlar kengashi bo‘lib o‘tadi, unda “Lotus” chaqiruv belgisiga esa qo‘mondon Anton Elizarov “Vagner”ning yangi rahbari etib tasdiqlanishi mumkin. Hozirda u, ehtimol, “Vagner” rahbari vazifasini bajaruvchidir.

“Vagner” boshqaruvini vafot etgan taqdirda Prigojin tomonidan tuzilgan ko‘rsatmalarga asosan, Elizarov egallashi kerak. Unga yaqin qo‘mondonlar esa Elizarovning “biznes imperiyasi” tuzilmalaridan joy oladi, shuningdek, Pavel Prigojinga “otasining biznes aktivlarini himoya qilishda” yordam beradi.

Prigojinning “vasiyati” tafsilotlari paydo bo‘ldi: “Vagner”ni endi kim boshqaradi?

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar