date
views 838

Rossiya Ukraina poytaxtiga kamikadze dronlari bilan hujum qildi (foto)

Foto: Reuters

Rossiya harbiylari 10-sentabrga o‘tar kechasi Kiyevga kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda “Glavred” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir qator portlashlar eshitilib, havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan. Dronlar qoldiqlari Ukraina poytaxtining Svyatoshinskiy, Podolskiy, Shevchenkovskiy, Solomenskiy va Darnitskiy tumanlarida qayd etilgan.

Dron parchalari Svyatoshinskiy tumanida Sovki bog‘i hududiga, Darnitskiy tumanida esa noturar bino ustiga qulagan. Birinchi holatda yong‘in sodir bo‘lgan, ikkinchisining esa vayronagarchilik darajasi aniqlanmoqda.

Foto: Reuters

Umuman olganda, vayronalarning aksariyati ochiq, binolar qad rostamagan hududlarga tushgan. Ammo Shevchenkovskiy tumanidagi kvartira bundan mustasno.

“Shevchenko tumanida ko‘p qavatli uyning xonadoniga dron parchalari tushgan. Yong‘inni uy egalari o‘zlari o‘chirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q”, — deydi rasmiylar. 

Vayronalar asosan avtomobillar, asfalt va trolleybus elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan. Bir kishi jarohatlangan. Kechasi havo mudofaasi dushmanning yigirmadan ortiq dronlarini yo‘q qilgan.

Foto: Reuters

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, jabrlanuvchida stressga o‘tkir reaksiya kuzatilgan. 

“Podolsk viloyatida jabrlangan bir kishi bor. Stressga o‘tkir reaksiya. Shifokorlar voqea joyida yordam ko‘rsatmoqda”, — degan mer.

Rus harbiylari Ukraina bo‘ylab 32 ta dron uchirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining xabar berishicha, 10-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari mamlakatga 32 ta dron uchirdi, ulardan 25 tasi urib tushirilgan.

“Bugun tunda Ukrainaga Shahed-136/131 rusumidagi 32 ta kamikadze dron bilan hujum qilindi, ulardan 25 tasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Dronlarning katta qismini Kiyev viloyatiga yo‘naltirilgan”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukraina poytaxtiga kamikadze dronlari bilan hujum qildi (foto)