Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat rahbari Vladimir Putin 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etadimi, degan savolga javob berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, "Putin bo‘lajak prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmasligini hali e’lon qilgani yo‘q. Ammo prezident o‘z nomzodini ko‘rsatsa, mamlakatimizda hozirgi bosqichda prezidentga haqiqiy raqobatchi yo‘qligi aniq”.
Rossiyada prezident saylovi mamlakatning amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq, 2024 yil 17 martda bo‘lib o‘tadi.
Putinning o‘zi saylovlarda qatnashish-qilmasligiga aniqlik kiritmagan, biroq uning yangi muddatga saylanish huquqining mavjudligi Rossiyadagi vaziyatni barqarorlashtirishini ta’kidlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring