Kollaj: Telegram
Jurnalistlar “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning samolyotini portlatish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema haqida xabar berdi. Bu haqda “Moskovskiy Komsomoles” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Vagner” asoschisiga tegishli bo‘lgan ikkala samolyot ham “norasmiy yuk” — hujjatlar va posilkalarni tashish uchun ishlatilgan. Ekipajdan ko‘pincha Sheremetevodan Pulkovoga yuk yetkazib berish so‘ralgan.
Posilkalar to‘g‘ridan to‘g‘ri aerodromda topshirilgan. Ekipajga yukni o‘rganish qat’iyan man etilgan. Yuklarni uchuvchilarga topshirish hamma, shu jumladan, Prigojin ham bortga chiqqandan keyin amalga oshirilgan.
“Yuk Sheremetevo aeroportining A terminali hududiga olib kelingan, u yerga avtomobil faqat ruxsatnoma bilan kirishi mumkin. Keyin yuk birlamchi nazoratdan o‘tkazilgan”, — deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng uchuvchilar yukni olib, yana ko‘rikdan o‘tgan va samolyotga ketgan. Odatda samolyotda aviatsiya xavfsizligi xodimi navbatchilik qiladi.
Xabar qilinishicha, Embraer Legacy samolyotining bagaj qismida juda ko‘p buyumlar saqlangan. U yerda parvoz xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan begona buyumni yashirish mumkinligi aytilmoqda.