date
views 270

Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Foto: knews.kg

Qozog‘istonning Sarishagan poligonida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining «Jangovar hamdo‘stlik-2023» mashqlarining o‘q otish bilan bog‘liq faol bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kabar» xabar bermoqda.

Qo‘shma manyovrlarni Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov va Qirg‘iziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov kuzatib bordi.

Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Shimoliy harbiy okrugi harbiy-havo kuchlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va aviatsiya ekipajlarining havo va yerdagi nishonlarga jangovar o‘q otishi ko‘rsatib berilgan.

Shuningdek, Sarishagan yo‘nalishida joylashgan obyektlar va qo‘shin guruhlari havo hujumidan mudofaa elementlari ham namoyish etildi.

Yakuniy akkord «dushman aerodromi obyektlarini yo‘q qilish» bo‘ldi.

Qo‘shma mashg‘ulotlarga 1075 nafar harbiy xizmatchi, 200 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shuningdek, 30 dan parvoz apparati jalb etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi