date
views 1 691

Ramzan Qodirov kutilmaganda videomurojaat bilan chiqdi

Ramzan Qodirov kutilmaganda videomurojaat bilan chiqdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining og‘ir ahvoldaligini haqidagi xabarlar fonida videomurojaat bilan chiqdi.

U Telegramdagi sahifasida «Internetda haqiqatni yolg‘ondan ajrata olmaydigan har bir kishiga toza havoda sayr qilish va fikrlarni tartibga solish» bilan maslahat berib post e’lon qilgan.

Videolardan birida Qodirovning yomg‘irli havoda xiyobonda sayr qilayotgani aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta Ukraina OAVlari va Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov Qodirovning kasal ekanligi va komaga tushgani haqida xabar tarqatgandi.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov o‘tgan yil oxiridan beri uning sog‘lig‘i haqidagi bu mish-mishlarni rad etib keladi. 2022 yilning dekabr oyida u muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini, unda jiddiy muammolar aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov kutilmaganda videomurojaat bilan chiqdi