21:56 / 19.09.2023
499

Podolyak: “Barcha postsovet mamlakatlariga eslatma: Rossiya doim xiyonat qiladi”

Podolyak: “Barcha postsovet mamlakatlariga eslatma: Rossiya doim xiyonat qiladi”

Foto: Mixail Podolyak / Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak Tog‘li Qorabog‘dagi so‘nggi voqealarga munosabat bildirib, Rossiyaning “tinchlikni saqlash” yoki Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ga a’zoligi inqirozli vaziyatda orqaga pichoq sanchish ekanini aytdi.

Barcha postsovet mamlakatlariga navbatdagi eslatma: Rossiya har doim hammaga xiyonat qiladi. Rossiyaning 'tinchlikni saqlash' yoki 'Rossiyaga asoslangan KXSHTga a’zolik' inqirozli vaziyatda orqaga sanchilgan pichoqdir. Albatta, agar subyektivligingiz va suverenitetingizning bir qismini Rossiyaga topshirishga tayyor bo‘lmasangiz”, — dedi Podolyak.

U Rossiya bilan hech qachon shartnoma imzolash kerak emasligi, u bilan jiddiy muzokaralar olib bormaslik haqida gapirdi va Rossiyadan “tinchlikparvar kontingentlarni” qabul qilmaslikni maslahat berdi.

“Rossiya propagandasi va korrupsiyasiga eshiklarni ochmang. Rossiya bilan ’do‘stlik’ har doim shunday tugaydi”, — deya xulosa qildi Podolyak.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun “mahalliy aksilterror choralari”ni boshlagani haqida xabar berdi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi armanistonlik askarlar tomonidan o‘rnatilgan minalarning portlashi oqibatida yetti nafar ozarbayjonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da “harbiy operatsiya” o‘tkazish uchun Armaniston hech kimga mandat bermaganini aytgan.

Ozarbayjon Armanistonni keng ko‘lamli harbiy harakatlarga tortmoqchi. Ozarbayjon armanlarni etnik tozalash uchun quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Armaniston Ozarbayjon bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli harbiy harakatlar boshlash niyatida emas”, — degan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat fonida Armanistonda davlat to‘ntarishiga chaqiriqlar boshlangan. Yerevanda Qorabog‘ning berilishiga qarshi namoyishlar avj olgan. Ular “Nikol sotqin” deb hayqirgan.

Ozarbayjon “Qorabog‘dagi operatsiyaning asosiy vazifalari yakunlanish arafasida” ekani va “harbiy nishonlar allaqachon zararsizlantirilgani”ni ma’lum qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Podolyak: “Barcha postsovet mamlakatlariga eslatma: Rossiya doim xiyonat qiladi”