date
views 325

Ilhom Aliyev: «Qorabog‘ni jannatga aylantiramiz»

Ilhom Aliyev: «Qorabog‘ni jannatga aylantiramiz»

Qorabog‘da o‘tkazilgan «aksilterror» operatsiyasi bir sutka ichida samara berdi va «suverenitet qayta tiklandi». Bu haqda Ozarbayjon halqiga qilgan murojaatida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Qorabog‘dagi qurollangan guruhlar taslim bo‘lmaganida, armiya «oxirigacha borishga tayyor bo‘lgan».

«Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidan arman qurolli kuchlarini olib chiqish boshlandi. Ayni paytda Qorabog‘dagi noqonuniy arman jangarilari guruhlarini qurolsizlantirish jarayoni boshlandi», — dedi Aliyev.

Bugun, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida boshlanadigan muzokaralarda etnik armanlar vakillariga Qorabog‘ni Ozarbayjonga reintegratsiya qilish rejasi topshiriladi.

«Qorabog‘dagi barcha armanlarning huquqlari kafolatlanadi, biz Qorabog‘ni, jumladan, Xankendini jannatga aylantiramiz», dedi Ozarbayjon rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev: «Qorabog‘ni jannatga aylantiramiz»