date

Evrokomissiya MH17 halokatida aybdorlarni sudga tortishga chaqirdi

Evrokomissiya MH17 halokatida aybdorlarni sudga tortishga chaqirdi

Evrokomissiya Donbass osmoni ustida MH17 reysidagi Boeing samolyoti qulaganining ikki yilligi munosabati bilan qisqa bayonot berdi. Bryussel nuqtai nazarini Evroittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini bildirdi, deya “RBK” ma’lumotiga tayangan holda xabar beradi "daryo.uz".

Halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirar ekan, Mogerini BMT Xavfsizlik kengashining 2166 rezolyutsiyasi asosida samolyot halokatiga bevosita yoki bilvosita aloqador barchani sudga tortish zarurligini ta’kidladi. Mazkur rezolyutsiya 2014-yil 21-iyulda kengashning barcha 15 a’zosi, jumladan, besh doimiy a’zo tomonidan qabul qilingandi.

“Evroittifoq Birlashgan tergov guruhi faoliyati va manfaatdor tomonlar jinoiy ta’qib etishning samarali mexanizmini joriy etish yuzasidan urinishlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Tekshiruvga va aybdor shaxslarni jinoiy ta’qib etishga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan davlatlar tekshiruv doirasida keng hamkorlik qilishi lozim”, — deyiladi bayonotda.

Rossiya haqida hujjatda aniq-tiniq hech narsa bildirilmagan. Bir yil avval aynan Rossiya vakillari Xavfsizlik kengashining samolyot halokati bo‘yicha tribunal tuzish haqidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Evrokomissiya MH17 halokatida aybdorlarni sudga tortishga chaqirdi