Malida Rossiyaning Ilyushin Il-76 samolyoti qo‘nish vaqtida portlab ketdi. Manbalarga ko‘ra, bortda “Vagner”ning yollanma askarlari bo‘lgan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Samolyot Malining Gao xalqaro aeroportiga qo‘ngandan so‘ng darhol portlagan. Voqea joyidan olingan suratlarda samolyot yong‘in oqibatida deyarli butunlay vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Mali harbiy xuntasi voqea yuzasidan izoh bermadi. Manbalarning yevropalik jurnalistlarga aytishicha, voqeaning o‘zi 23-sentyabr kuni sodir bo‘lgan va “ko‘p sonli oq tanlilar” o‘limiga sabab bo‘lgan. Gap rossiyalik yollanma askarlar haqida ketmoqda.
Malida hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashgan Rossiyaning mashhur “Vagner” kampaniyasi bilan hamkorlikni rasman rad etadi. Mali xuntasining ta’kidlashicha, ular faqat mansabdor rus zobitlari bilan ishlaydi, ular instruktor sifatida mamlakat armiyasiga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi.
Qanday bo‘lmasin, Rossiyaning aralashuvi Malini radikallar tahdididan xalos eta olmadi: joriy yilda mamlakatda teraktlar soni 15 foizga oshdi, birgina o‘tgan oyning o‘zida hujumlarda 150 dan ortiq odam halok bo‘ldi.