date
views 175

Peskov: Rossiya tinchlikparvarlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish Boku bilan muhokama qilinadi

Peskov: Rossiya tinchlikparvarlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish Boku bilan muhokama qilinadi

Foto: RIA Novosti

Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish imkoniyatlari Ozarboyjon tomoni bilan muhokama qilinadi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

«Hozircha bu savolga kimdir javob berishi dargumon, chunki hozir gap Ozarboyjon hududida joylashgan missiya haqida ketmoqda. Bu Ozarboyjon tomoni bilan muhokama mavzusi bo‘ladi», — dedi Peskov Rossiya OAVga.

Shu bilan birga, Peskov Boku va Yerevan o‘rtasida tinchlik shartnomasini tuzish masalasining dolzarbligini qayd etdi.

«Bu, albatta, dolzarb. Bundan tashqari, mintaqada transport kommunikatsiyalari va logistikasini rivojlantirish rejalari bor. Bu Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya uchun juda muhim. Umid qilamizki, bu ish davom etadi», — dedi Peskov.

Avvalroq, 28 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari Samvel Shahramanyan separatistik rejimni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi “farmon”ni imzolagan edi.

“Farmon”da «2024 yil 1 yanvargacha idoraviy bo‘ysunuvdagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari hamda «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» o‘z faoliyatini to‘xtatadi», deyilgan.

Bir kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov va “Vagner” sobiq qo‘mondoni Andrey Troshev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni sharhlar ekan, Peskov uchrashuv chog‘ida «maxsus harbiy operatsiya» ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhokama qilinganini aytdi.

Kreml vakilining taʼkidlashicha, «prezident ushbu mavzular bo‘yicha bir necha bor gapirgan va operatsiya barcha ishtirokchilari, xoh ular harbiy xizmatchilar bo‘ladimi, xoh u yoki bu tarkibdagi ko‘ngillilar bo‘ladimi, mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy imtiyozlardan teng ravishda foydalanishi kerakligini bir necha bor aytdi».

«Bu ishni tashkil qilishni, birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bilan hamohanglashtirish kerak. Aynan shu munosabat bilan bugun suhbat bo‘lib o‘tdi», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: Rossiya tinchlikparvarlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish Boku bilan muhokama qilinadi