date

Davlat to‘ntarishiga urunishlardan so‘ng Turkiyada vaziyat o‘z iziga tushmoqda

Davlat to‘ntarishiga urunishlardan so‘ng Turkiyada vaziyat o‘z iziga tushmoqda

Qariyb 1,8 ming turk maxsus xizmati harbiylari dushanba kuni qo‘shimcha ravishda Istanbulga tashlangan bo‘lib, ular shahardagi muhim strategik ob’ektlarni qo‘riqlashga jalb etilgan.

Bu haqda “Anado‘li” axborot agentligi xabar bermoqda. Agentlikka ko‘ra, Istanbul polisiyasi rahbari havoda alohida ruxsatsiz paydo bo‘ladigan har qanday vertolyotni urib tushirishga buyruq bergan.

Ma’lumki, mamlakatda 15-16 iyul kunlari bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan bo‘lib, ular bunda janggovor vertolyotlardan foydalangan. Vertolyotlardan turib Anqaradagi parlament binosi va boshqa davlat idoralariga zarba yo‘llangani aytilmoqda.

Yakshanba kuni Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim, qurolli harakat to‘xtatilgani ammo qarshilik o‘chog‘i saqlanib turganini ma’lum qilgan.

Turk armiyasida faol tozalash ishlari boshlangan. Harbiy gornizonlarda o‘tkazilgan reydlar davomida qariyb 6 ming harbiy xizmatchi, jumladan, 70 general va admirallar hibsga olingan.

Voqealarga aloqador deb aytilgan hozirda AQShda istiqomat qiluvchi Fetxullax Gyullen o‘zining Turkiyaga ekstradisiya qilinishga tayyorligini, ammo ushbu voqealarga aloqasi yo‘qligini bildirgan.

“Rossiya-1” (VGTRK) telekanali orqali chiqishida Gyullen “Meni ekstradisiya qilishlaridan qo‘rqmayman. Agar shunday qarorga kelinsa. Ammo harbiy to‘natrishga urunish voqeasini tergov qilish bo‘yicha xalqaro mustaqil guruhi tuzilsin va barcha haqiqatni aniqlashtirsin”, - deya so‘zlagan.

Uning fikricha, ayni vaziyat amaldagi prezidentning o‘z tanqidchilarini yo‘q qilish uchun qulay imkoniyat yaratar ekan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Davlat to‘ntarishiga urunishlardan so‘ng Turkiyada vaziyat o‘z iziga tushmoqda