Eronga qarshi operatsiya AQSHga qanchaga tushmoqda?

AQSHning Eronga qarshi amalga oshirilgan qo‘shma harbiy operatsiyasi Vashington uchun juda qimmatga tushmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu operatsiya bo‘yicha umumiy harbiy xarajatlar hozirgi kunga kelib 29 milliard dollarga yetgan.
Bu haqda Pentagonning yuqori lavozimli moliya masalalari bo‘yicha mas’ul vakili Juls Xyorst III ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur summa faqatgina jang harakatlari emas, balki harbiy texnikani yangilash, ta’mirlash, almashtirish hamda umumiy operatsion xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, xarajatlar hajmi so‘nggi hisobotdan keyin yana 4 milliard dollarga oshgan. Bu esa operatsiyaning moliyaviy yuki yil sayin ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Avvalroq, aprel oyi oxirida AQSH harbiy vaziri Pit Hegset ushbu operatsiyaning umumiy xarajati 25 milliard dollar atrofida ekanini ma’lum qilgan edi. Qisqa vaqt ichida bu raqamning keskin oshishi esa muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday yirik xarajatlar AQSHning tashqi harbiy siyosati va budjet yuklamasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!