Foto: Dunyo AA
Germaniyaning ommabop Heilbronner-Stimme gazetasida «Markaziy Osiyoning ahamiyati ortib bormoqda» sarlavhali maqola chop etildi, deya xabar bermoqda «Dunyo».
Maqola muallifi Yurgen Paul geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bugungi kunda dunyo mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini tobora rivojlantirishga intilmoqda, deya ta’kidlagan.
«Aholisi 36 milliondan iborat O‘zbekistonda yoshlar aholining katta qismini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati yoshlarning xorijga ta’lim olishi va ishga chiqishini turli usullarda qo‘llab-quvvatlamoqda. Bir necha hafta ilgari yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaga, Baden-Vyurtemberg federal yeridagi firma va kompaniyalarga tashrif buyurgan va bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston tomoni nemis ishbilarmonlariga ishchi kuchi jalb etish bo‘yicha o‘z takliflarini ma’lum qilgan», - qayd etadi muallif.
Maqola intihosida «29 sentyabr kuni «Markaziy Osiyo-Germaniya» davlat rahbarlarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari dastlab Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Shu kunning o‘zida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Germaniya federal kansleri Olaf Shols ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi», - deb yozgan Heilbronner-Stimme.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!