
Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.
Qidirilayotgan shaxs 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va go‘zal hayotni vaʼda qilib, qizlarni chet elga olib ketgan va u yerda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.
Jinoyatchini qo‘lga olish va O‘zbekistonga ekstraditsiyasini taʼminlash Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!