Xarkov viloyati rasmiylariga ko‘ra, payshanba kuni rus qo‘shinlari Kupyansk tumanidagi kafe va do‘konga raketa hujumi uyushtirgan.
Hodisa joyida tinch aholi ko‘p edi, deya yozadi Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i o‘zining Telegram-kanalida.
«Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan 48 kishining jasadi topilgan, ular orasida olti yoshli bola ham bor», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, olti jabrlanuvchi ma’lum, ular ichida bir nafar bola bor.
Favqulodda xizmatlar halokat joyida ishlashda davom etmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy holatga munosabat bildirib, «Rossiya terrorini zudlik bilan to‘xtatish» lozimligini aytgan.
XarkovRossiya HujumiKupyansk TumaniTinch AholiHalokat JoyiUkraina Prezidenti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar