Erdo‘g‘an isyon paytida xalqqa nima uchun smartfondan murojaat etdi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiylar tomonidan davlat to‘ntarishiga harakat paytida nima uchun smartfon orqali xalqqa murojaat etgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda CNN'ga asoslanib "Qalampir" yozmoqda.
“Men televidenie, OAVni taklif qilib, xalqqa ekran orqali murojaat qilmoqchi edim, ammo aholi milliy telekompaniya translyasiyasini ko‘ra olmas edi. Shu paytda “B” rejaga o‘tishga to‘g‘ri keldi – biz smartfon va xususiy telekanallardan foydalandik”, deydi Turkiya prezidenti CNN nashriga bergan intervyusida.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, isyon boshlangan paytda u oilasi bilan Marmarisda dam olayotgan bo‘lgan. Agar u bu shaharda 10-15 daqiqa ushlanib qolganda, uni o‘ldirishlari yoki asirga olishlari mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni kechqurun Turkiyada bo‘lgan davlatga qarshi harbiylar isyoni natijasida 1400dan ortiq odam jarohatlandi, ikki yuzga yaqin odam halok bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing