date
views 684

Erdo‘g‘on Yaqin Sharq muammosini hal etishning shartini aytdi

Erdo‘g‘on Yaqin Sharq muammosini hal etishning shartini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin mustaqilligi bilangina Yaqin Sharqda tinchlikni taʼminlash mumkinligini maʼlum qildi.

«Yaqin Sharqda barqaror tinchlikni taʼminlash faqat Falastin muammosini yakuniy hal etish orqali mumkin. Olov yoqishning hojati yo‘q, adolatli dunyoning yutqazuvchisi yo‘q», — dedi Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin masalasi xalqaro huquq va Isroil va Falastinning birga yashashini tan olish huquqi asosida hal qilinishi kerak. Siyosatchi BMTning 1967 yilgi chegaralar doirasida mustaqil Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining amalga oshirilishini nazarda tutgan.

Erdo‘g‘on, shuningdek, rasmiy Anqara qarama-qarshilikni tezda tugatish va keskinlikni kamaytirish uchun zarur diplomatik saʼyi-harakatlarni amalga oshirishiga ishora qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Yaqin Sharq muammosini hal etishning shartini aytdi