Foto: Hatem Ali / AP / Scanpix / LETA
Isroilning AQSHdagi elchixonasi HAMAS aʼzolari 100 dan ortiq kishini, jumladan tinch aholi vakillari va isroillik harbiylarni o‘g‘irlab ketgani haqida maʼlum qildi.
Elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilinishicha, HAMASning 7 oktyabr tongidagi hujumidan keyin 300 dan ortiq isroilliklar halok bo‘lib, kamida 1800 kishi yaralangan.
Isroil hukumati elchixonaning 100 kishi garovga olingani to‘g‘risidagi xabariga hozircha munosabat bildirmagan.
HAMASning jangovar qanoti 7 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasining 35 nafar harbiysi va chegaradagi hududga ko‘chib kelgan isroilliklar garovga olingani to‘g‘risida xabar tarqatgandi. Ular G‘azo bo‘lgasi tomon olib ketilgan. Keyinroq bu maʼlumot Isroil mudofaa armiyasi tomonidan tasdiqlandi, ammo aynan qancha odam asir olinganiga aniqlik kiritilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!