date
views 297

HAMASning Isroilga hujumi. Bunga Eron aloqadormi?

HAMASning Isroilga hujumi. Bunga Eron aloqadormi?

HAMASning Isroilga shanba kungi hujumidan keyin Tehron ko‘chalarida namoyishchilar bayram qilishdi. Ular Falastin bayroqlarini ko‘targan holda HAMAS va Falastin qarshilik harakatini qo‘llashini ifodalashdi

HAMASning Isroilga hujumiga Eron aloqadorligi bo‘yicha hozircha dalillar yo‘q, ammo tahlilchilar Yaqin Sharqdagi beqarorlashuv Eron uchun foydali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Arab mamlakatlari va yahudiylar davlati munosabatlari normallashuvi ushbu islom respublikasiga ma’qul kelmaydi, yangi urush esa — tinchlik jarayonini izdan chiqarishning eng yaxshi yo‘lidir.

Shu bilan birga ekspertlar bu safar HAMAS asosiy ittifoqchisi va homiylaridan birining ishtirokisiz mustaqil harakat qilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etishmaydi.

HAMASning shanba kungi kutilmagan va yaxshi uyushtirilgan hujumidan keyin deyarli barcha ko‘zlar Isroilning azaldan eng katta dushmani bo‘lib kelgan Eronga qaratildi.

Masalan, Wall Street Journal gazetasi manbalari da’vo qilishicha, Eron maxsus xizmatlari HAMASning Isroilga hujumini rejalashtirishda yordam ko‘rsatgan va o‘tgan haftaning dushanba kuni Bayrutda o‘tkazilgan uchrashuvda bu hujumga yashil chiroq yoqilgan.

Eron parlamentariylari HAMASning Isroilga shunday quvonchli hayqiriqlar bilan qarshi olishdi: «Isroilga o‘lim!», «Amerikaga o‘lim!» va «Falastin g‘olib bo‘ladi!».

Eron diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy telemurojaatida shunday dedi: «Biz sionist rejimga hujumni rejalashtirganlarning qo‘lini o‘pamiz». Va Tehron bunga aloqador emasligini qo‘shimcha qildi.

Tahlilchilar HAMAS bu hujumni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasiz va tashqaridan yordamsiz ham uddalagan bo‘lishi mumkinligini qayd etishgan.

«Mening fikrimcha, muammo katta ehtimol bilan lokal miqyosda. Va bu nima qilib bo‘lsa ham Isroilning Saudiya Arabistoni bilan yaqinlashuvining oldini olishni istagan HAMASning qarori. Albatta, Eron ham xuddi shu narsani xohlaydi va HAMASni 2000-yillardan buyon yaqindan qo‘llab-quvvatlab keladi», — deya qayd etgan Parijdagi Sciences-Po Siyosiy fanlar oliy maktabi professori Frederik Ensel.

«Ammo, mohiyatan, Tehronning kun tartibida boshqa mavzular bor: bular sanksiyalar bekor qilinishi, yadro energetikasini rivojlantirish, mamlakatning ichki muammolarini hal qilish, Belujistondagi norozilik namoyishlarini bostirish. Ammo G‘azo sektori emas».

Hozircha hech kim Eronni ayblamayapti

Tehrondagi binolardan birida Isroilga qarshi bannerda «Al-Aqso to‘foni» deb yozilgan. HAMAS Isroilga qarshi amaliyotini aynan shunday atagandi

AQSH ham hali Eronning Isroilga hujum rejalashtirilishi va amalga oshirilishiga bevosita aloqadorligini tasdiqlovchi ishonchli dalillarni topa olmaganini ta’kidlagan.

«Shubhasiz, bu tenglamada Eron ham bor. Ular ko‘p yillar mobaynida HAMAS va «Hizbulloh»ga yordam ko‘rsatib kelishadi», — deya shaxsi sir qolishini istagan amerikalik mulozimning so‘zlarini keltiradi CNN.

Ammo to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuv haqida gapirishga hali erta, deya boshqa bir rasmiydan iqtibos keltirgan telekanal.

Agar Eronning bevosita ishtiroki tasdiqlansa, Isroildagi urush keng ko‘lamli mintaqaviy mojaro darajasiga chiqadi, deya yozganBBC diplomatik muxbiri Pol Adams.

Hozircha jahon yetakchilari o‘z bayonotlarida ehtiyotkorlik qilmoqda va islom respublikasi manziliga to‘g‘ridan to‘g‘ri ayblov bildirishdan tiyilmoqda.

Eron anchadan buyon Isroilga qarshi kurashuvchi radikal guruhlarni qo‘llab keladi. Ammo hamisha to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, o‘z proksi-guruhlari orqali harakat qiladi. Tahlilchilar beqarorlik o‘chog‘i yangidan avj olishi Eronga qanday foyda keltirishi borasida taxminlarini bildirishmoqda.

Eronga bundan nima foyda?

HAMAS hujumiga javoban Isroilning G‘azo bo‘ylab zarbalari oqibatlari

So‘nggi yillarda Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish va murosaga kelish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Sobiq dushmanlar muzokara stoliga o‘tirib, hamkorlik shartnomalarini imzolashdi va so‘zda bo‘lsa ham bir-birlari bilan urushmaslikka kelishib olishdi.

Eron ham bundan mustasno bo‘lmadi va Xitoy vositachiligida Saudiya Arabistoni bilan diplomatik munosabatlarni tikladi. Ammo hozirda, aftidan, mintaqadagi ta’sir doirasi uchun kurashga dov tikkan.

«Bu Eron HAMASga Isroilga hujum qilishga buyruq bergani yoki falastinlik jangarilarni nazorat qilishini anglatmaydi; ular Eronning qo‘g‘irchoqlari emas. Shunga qaramay, Eron yetakchilari hujumni olqishlashdi», — deya yozadi AQSH harbiy-havo kuchlarining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha tahlilchisi va Denver Universitetidagi Korbel xalqaro tadqiqotlar maktabi tahlilchisi Aaron Pilkington.

«Tanlangan vaqt Eron uchun muvaffaqiyatli va foydali. Qarama-qarshilik Eron uchun ham foydali va Islom Respublikasining mintaqadagi ta’sir doirasi uchun kurashiga mos keladi», — deb hisoblaydi u.

So‘nggi oylarda Isroil va Saudiya Arabistoni munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirayotgandi. Muloqotdagi asosiy vositachi bo‘lgan AQSHning rejasiga ko‘ra, ular mintaqada birgalikda Eronga qarshi turishi kerak edi.

Mintaqadagi qudratli derjava hamda musulmonlarning muqaddas qadamjolari joylashgan Saudiya Arabistoni ortidan boshqa arab mamlakatlari ham ergashishini kutish mumkin edi.

Eron kutilganidek ehtimoliy iliqlashuvga keskin qarshilik bildirdi. Oyatulloh Xominaiy Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishni maqsad qilgan mamlakatlar «noto‘g‘ri otga tikkani» uchun mag‘lubiyatga uchrashi bilan tahdid qildi.

«Aytishim kerakki, men eronliklar mojaro deeskalatsiyasidan manfaatdor bo‘lishi belgilarini ko‘rmayapman», — degandi AQSH tashqi aloqalar kengashi tashkiloti katta ilmiy xodimi Rey Takey brifingda.

«Ular Yamanga qurol yetkazib beradi. Ular Falastin-Isroil ekalatsiyasiga qaysidir darajada aloqadorligiga shubha yo‘q. Va hatto ularning yadro dasturi ham rivojlanmoqda. Xalqaro atom energetikasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 60 foizlik boyitish darajasi ham 7 foizga oshgan».

Eron va HAMASning umumiy maqsadlari

HAMAS Isroilni yo‘q qilishni asosiy maqsadi deb biladi va yahudiylar davlati bilan har qanday tinchlik kelishuvini inkor etadi

«HAMASning Isroilga hujumi — nafaqat Isroil razvedkasi va harbiylarining keng ko‘lamli muvaffaqiyatsizligi (AQSH razvedkasining ham), balki Eronning Yamandan G‘azo sektorigacha bo‘lgan qarshilik o‘qi uchun ham ajoyib muvaffaqiyatdir», — deya yozgan livanlik jurnalist Kim Gattas.

Shu bilan birga tahlilchilar radikal guruhning tashqaridan yordamsiz ham bu kabi hujumni amalga oshirish darajasida mustaqilligiga e’tibor qaratishmoqda.

«Eron logistik va harbiy jihatdan yordam beradi, ammo bu qaror kamida 75 foizga HAMAS rahbariyatining mustaqil qarori», — degan BBC bilan suhbatda skazal Isroil tashqi razvedkasi Mossadning sobiq katta zobiti Xaim Tomer.

Sciences-Po vakili Frederik Ensel ham unga qo‘shiladi.

«Unutmaslik kerakki, eronliklar — shialar, HAMAS — sunniylar harakati. Va, to‘g‘risini aytganda, HAMAS o‘z siyosatini o‘zi belgilaydi va biz guvohi bo‘lgan yirik hujumni boshlash uchun yetarli darajada effektivlikka erishgan».

HAMAS o‘tmishda ham Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday urinishlarni nayza bilan qarshi olgan va hech qanday murosaga bormagan. HAMAS tashkil topganidan buyon Isroil davlati mavjudligini tan olmaydi va uning yo‘q qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Eron bilanmi yoki usiz, HAMAS bu urinishdan voz kechmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMASning Isroilga hujumi. Bunga Eron aloqadormi?