date
views 300

Shvetsiya sudi birinchi marta Qur’onni yoqqan shaxsga jazo tayinladi

Shvetsiya sudi birinchi marta Qur’onni yoqqan shaxsga jazo tayinladi

Foto: BBC

Shvetsiya tarixida birinchi marta sud Qur’onni yoqib yuborgan shaxsga hukm chiqardi. Sudlanuvchi etnik adovat qo‘zg‘ashda aybdor deb topilib, shartli qamoq jazosi va jarimaga tortildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Shvetsiya markazidagi Linkoping okrug sudi 27 yoshli erkakni etnik guruhga qarshi tashviqotda aybdor deb topgan.

2020 yilning sentyabr oyida sudlanuvchi Linkoping sobori tashqarisida Qur’onni yoqib yuborayotgani aks etgan video olgan. Shundan so‘ng, erkak ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Bu Shvetsiyada Qur’onni yoqish bo‘yicha birinchi sud hukmi bo‘ldi. Ilgari mamlakat prokuraturasi bunday aksiyalarga qarshi ayblovlar qo‘ymagan va buni so‘z erkinligi sifatida baholagan.

2023 yilda Shvetsiya va Daniyada Qur’on bilan bog‘liq bir nechta ommaviy tadbirlar musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi va bir qancha musulmon davlatlarining diplomatik harakatlariga olib keldi. Shundan so‘ng, Daniya va Shvetsiya hukumatlari Qur’onni yoqishni taqiqlashga qaror qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya sudi birinchi marta Qur’onni yoqqan shaxsga jazo tayinladi
-->