16:14 / 16.10.2023
82

BMT boshqarmasi: G‘azo kasalxonalarida 24 soatga yetadigan yonilg‘i qoldi

BMT boshqarmasi: G‘azo kasalxonalarida 24 soatga yetadigan yonilg‘i qoldi

Foto: Anadolu Agency

G‘azo kasalxonalaridagi yonilg‘i zaxiralari yana 24 soatga yetadi. Bu haqda BMTning Humanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berdi.

Qayd etilishicha, G‘azodagi barcha shifoxonalarda yonilg‘i zaxiralarining tugashi minglab bemorlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

BMTning Humanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi koordinatori Linn Gastings hisobotda G‘azo sektoridagi misli ko‘rilmagan «g‘ayriinsoniy» vaziyatning og‘irligi va zaruriy ta’minotning tugashi haqida ogohlantirdi.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harbiy qanoti Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar uchirildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASga ko‘ra, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga hujum va isroilliklarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 2600 dan ortiq falastinlik va 1300 isroillik halok bo‘ldi.

Shuningdek, Isroil G‘azo sektoriga suv va elektr ta’minotini to‘sib qo‘ydi va bu 2007 yildan beri blokadada bo‘lgan mintaqadagi turmush sharoitini yanada yomonlashtirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo