16:38 / 16.10.2023
669

Rossiya Ukraina viloyatlariga raketa va dronlar bilan yoppasiga hujum qildi

Rossiya Ukraina viloyatlariga raketa va dronlar bilan yoppasiga hujum qildi

16 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukraina bo‘ylab raketa va kamikadze-dronlarni uchirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi.

Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari bitta “Iskander M” ballistik raketasi va beshta X-59 boshqariladigan raketasini, shuningdek, 12 ta Shahed-136/131 uchuvchisiz uchoqlarini otgan. Ukraina harbiylari ikkita X-59 raketasi va 11 ta dronni urib tushirdi.

Foto: Telegram

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, Krivograd, Poltava viloyati va Xmelnitskiy viloyatlarida havo mudofaasi tizimi ishga tushgan.

Poltava viloyatida raketa parchalari bir nechta xususiy uylarga zarar yetkazdi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Filipp Pronin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida uch kishi, jumladan, 10 yoshli bola jarohatlangan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

Dnepropetrovsk viloyatida raketalardan biri Ukraina Qurolli kuchlarining “Vostok” harbiy operativ qo‘mondonligi tomonidan urib tushirilgan, ikkinchisi Dnepr viloyati hududiga qulagan, dedi viloyat rahbari Sergey Lisak. U hujumning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.

Dnepropetrovsk 
Foto: “UNIAN”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo