Eron Isroilning xatti-harakatlari haqidagi ogohlantirishlar tugagani va tez orada nafaqat Hizbulloh, arab guruhlari javob berishini aytdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi urushga qo‘shilish ehtimolini istisno etmadi.
«Qarshilik ko‘rsatish yetakchilari» Isroilning G‘azo sektorida hech qanday chora ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaydi, yaqin soatlarda bunga qarshi javob qaytariladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon ma’lum qildi, deya xabar beradi IRNA.
Vazir «qarshilik haqida gapirganda, biz faqat Hizbullohni nazarda tutmayapmiz», deya qayd etdi. «Har narsa sodir bo‘lishi mumkin», dedi vazir Eron Isroil bilan urush boshlashi mumkinmi degan savolga javob berar ekan.
«Livandagi islomiy qarshilik» Eron bilan yaqin aloqada bo‘lgan Livandagi «Hizbulloh» guruhining nomlaridan biridir.
Abdullohiyyon urush paytida 740 nafar bola halok bo‘lgan ma’lumotlarni keltirdi.
«Bugun biz G‘azoni himoya qilmasak, ertaga shaharlarimizni himoya qilishimiz kerak bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi vazir. Uning fikricha, agar faol choralar ko‘rilmasa, «ertaga Bayrutda sionist askarlarga qarshi jang qilishga to‘g‘ri keladi».
Eron tomoni Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorida rejalashtirilayotgan quruqlikdagi operatsiyani «qo‘pol xato» deb atadi.
AQSH Eronning HAMAS tomonida urushga kirishishidan cho‘chimoqda, Qo‘shma shtatlar harbiylari mintaqaga samolyot tashuvchi kemasi va qo‘shimcha F-15 qiruvchi samolyotlarini joylashtirdi.
CNN ma’lum qilishicha, 2 mingga yaqin amerikalik dengiz piyodalari mintaqadagi AQSH guruhini kuchaytirish uchun Sharqiy O‘rtayer dengiziga ko‘chib o‘tgan. Manbaning tushuntirishicha, bu Eronga signal yuborish uchun qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring