Bayden Isroilga «misli ko‘rilmagan» yordamni va’da qildi, G‘azoga gumanitar yordam ajratdi

Dunyo1 daqiqa o'qish458
Bayden Isroilga «misli ko‘rilmagan» yordamni va’da qildi, G‘azoga gumanitar yordam ajratdi

Foto: Evelyn Hockstein/Reuters

AQSH prezidenti Jozef Bayden Isroilga tashrifini yakunladi. OAV xabarlariga ko‘ra, uning tashrifi 8 soatdan ortiq davom etdi. Bu vaqt ichida u bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Isroilning boshqa rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bayden tashrif davomida Pentagon ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy» nasroniy-baptistlar shifoxonasiga berilgan raketa zarbasida Isroilning aloqasi yo‘q degan xulosaga kelganini aytdi.

«Mudofaa vazirligi menga taqdim etgan ma’lumotga ishonchim komil», dedi u jurnalistlarga.

Bayden Isroil yetakchilari bilan uchrashuv chog‘ida Qo‘shma Shtatlar Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va tinch aholi qurbonlari xavfini kamaytirishga harakat qilishini aytdi.

Shu bilan birga, AQSH prezidenti shu hafta oxirida Kongressdan Isroilga rekord miqdorda yordam ajratishni so‘rashini ma’lum qildi.

«Shu hafta oxirida men AQSH Kongressidan Isroil mudofaasi uchun misli ko‘rilmagan yordam paketini so‘rashni rejalashtiryapman», dedi u.

Shuningdek, Bayden G‘azo sektori va O‘rdun daryosining G‘arbiy sohiliga 100 million dollar gumanitar yordam berilishini e’lon qildi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mablag‘lar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan 1 milliondan ortiq falastinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSH prezidentining ta’kidlashicha, Isroil rasmiylari G‘azo sektoriga yordamni «imkon qadar tezroq» yetkazib berishga rozi bo‘lgan.

Avvalroq, AQSH prezidenti Iordaniyaga ham tashrif buyurishi kutilgandi, u yerda Falastin milliy ma’muriyati (FMM) raisi Mahmud Abbos bilan uchrashuv rejalashtirilgan edi. Biroq, Abbos G‘azodagi shifoxona bilan bog‘liq fojiadan so‘ng, bu uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Buning ortidan Iordaniya hukumati chorshanba kuni Ammonda AQSH, Misr va FMM rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitni bekor qildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?