08:09 / 21.10.2023
97

100 mingga yaqin isroillik qurol olib yurish uchun ruxsatnoma so‘rab murojaat qildi

100 mingga yaqin isroillik qurol olib yurish uchun ruxsatnoma so‘rab murojaat qildi

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlasha boshlaganidan beri 100 mingga yaqin Isroil fuqarosi qurol olib yurishga ruxsat so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Isroil OAVlari Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Taqqoslash uchun, yil boshidan buyon 7 oktyabrda mojaro keskinlashgunga qadar 26 mingga yaqin shunday litsenziyalar Isroil fuqarolariga berilgan.

Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi urush boshlanganidan buyon vazirlikka fuqarolardan shaxsiy qurol-yarog‘ litsenziyasi bo‘yicha 100 mingga yaqin so‘rov kelib tushganini ma’lum qildi. Yil boshidan buyon shaxsiy qurollarni olib yurish uchun 26 mingga yaqin litsenziya olingan”, — deyiladi Haaretz nashri tarqatgan xabarda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo