Foto: Jonathan Ernst/Reuters/Bloomberg
AQSH prezidenti Jozef Bayden Kongressga Ukrainaga 61,4 milliard dollar, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar berdi Bloomberg.
Amerika prezidenti shuningdek, Ukraina, Isroil va G‘azo sektoriga 10 milliard dollarlik gumanitar yordam so‘ragan. Shuningdek, so‘rov AQSH-Meksika chegarasi xavfsizligi uchun 13,6 milliard dollar va milliy xavfsizlikning boshqa ustuvor yo‘nalishlari uchun 7,4 milliard dollarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, nima uchun Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish zarurligini tushuntirgan edi. Uning aytishicha, HAMAS va Rossiya prezidenti Vladimir Putin turli xil tahdidlarni keltirib chiqaradi, biroq ularning umumiy tomoni shundaki, ular qo‘shni demokratiyani butunlay yo‘q qilishni xohlashadi.
«HAMAS Isroil davlatini yo‘q qilish va yahudiy xalqini yo‘q qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan... Shu bilan birga, Putinning fikricha, Ukraina hech qachon suveren davlat sifatida mavjud bo‘lishga haqli emas. Ikki hafta oldin u agar Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Ukrainaga yordam berishni to‘xtatsa, Ukrainaning mavjud bo‘lishiga bir hafta vaqt qoladi degan edi», dedi Bayden.
Baydenning ta’kidlashicha, Amerika «HAMAS kabi terrorchilar va Putin kabi zolimlarning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaydi».
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring