10:33 / 21.10.2023
216

HAMAS garovga olingan amerikalik ona-bolani ozod qildi

HAMAS garovga olingan amerikalik ona-bolani ozod qildi

Foto: Al Jazeera

Falastinning HAMAS harakati garovda bo‘lgan ikki nafar AQSH fuqarosini Qatar vositachiligida ozod qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, ona va qiz garovdan gumanitar sabablarga ko‘ra, “Amerika xalqi va butun dunyoga AQSH prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati bayonotlari yolg‘on ekanini isbotlash uchun” ozod qilingan.

Isroil rasmiylari garovdagi ayollar ozod etilganini tasdiqlagan. Onaning ismi Yexudit Raanan, uning qizi Natali ekani aytilmoqda. Ular 7 oktyabr kuni Naxal Oz qishlog‘ida garovga olingan. Ozod qilinganlar Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi qaramog‘iga o‘tkazilgan.

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS vakillari Isroilga hujum chog‘ida 200 dan ortiq odamni garovga olgan. HAMAS 200-250 kishini ushlab turilganini aytmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo