HAMAS asirligidan ozod etilgan amerikalik ayol va uning qizi o‘zini yaxshi his qilmoqda va hozirda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Garovdagining ahvoli tafsilotlarini qizning otasi Uri Raanan Daily Mail nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
17 yoshli Natali Shoshana Raanan va uning onasi, 59 yoshli Judit Tai Raanan 13 kun davomida HAMAS harakati tomonidan asirda bo‘lgan. Ayollar jarohatlarsiz Falastin hududini tark etishgan.
«U (qizi) o‘zini yaxshi his qilayapti. <...> U menga ular unga yaxshi munosabatda bo‘lishganini va hammasi joyida ekanini aytdi», — deydi Uri Raanan. Sobiq mahbusning akasi Benning qo‘shimcha qilishicha, uning singlisi boshidan kechirgan voqealarga qaramay «supermodelga o‘xshaydi».
Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni «Al-Qassam» brigadasi (HAMAS harakatining harbiy qanoti) Qatar vositachiligida ikki nafar AQSH fuqarosi, ona va uning qizini ozod qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring