Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs Qozog‘iston sobiq adliya vaziri Marat Beketayev bo‘lib chiqdi, deb yozadi «Zakon.kz».
Ushbu ma’lumot bugun, 23 oktyabr kuni Aksilkorrupsiya matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.
«Biz qo‘lga olingan shaxs sobiq adliya vaziri M.Beketayev ekanligini tasdiqlaymiz», — deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati nashr so‘roviga javoban.
Boshqarmaning qayd etishicha, ayni damda gumondor sud sanksiyasi bilan ikki oy muddatga hibsga olingan.
«Tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi», — deya qo‘shimcha qildi antikor matbuot xizmati.
Qozog‘iston RespublikasiMarat BeketayevKorrupsiyaga QarshiAdliya VaziriHibsga OlinganTergov Manfaatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar