07:06 / 28.10.2023
488

HAMAS Isroildan 5 kunlik sulh so‘radi

HAMAS Isroildan 5 kunlik sulh so‘radi

Foto: AP

HAMAS yetakchilaridan biri Ali Baraka Financial Times gazetasiga bergan intervyusida 5 kunlik otashkesim evaziga garovga olingan xorijliklarning bir qismini ozod qilishini aytdi.

Isroil fuqarolarini ozod qilish uchun qo‘shimcha shartlar qo‘yiladi, deb qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, Ali Baraka HAMAS asirga olingan isroillik askarlarni qo‘yib yubormasligini va ularni o‘zaro asirlarni almashtirish uchun qoldirishini aytdi.

Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS a’zolari 229 kishini garovda ushlab turibdi.

27 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo sektorida quruqlik operatsiyasi kengaytirilganini e’lon qildi. Toshkent vaqti bilan soat taxminan 22:00 da G‘azo sektoriga ommaviy zarbalar berildi. Oqibatda, hududda aloqa va internet yo‘qolib qolgani haqida xabar berildi. Shu bilan birga, sektor chegarasida Isroil tanklari va artilleriyasi yo‘l olgani aytildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo