18:22 / 29.10.2023
792

HAMAS yetakchisi urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berdi

HAMAS yetakchisi urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berdi

Foto: AFP

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Sinvarning bayonotiga ko‘ra, HAMAS garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirishga tayyor. Tegishli taklifni HAMASning qurolli qanoti ham ilgari surgan edi.

Biz zudlik bilan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bitim tuzishga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilinadi”, — dedi Sinvar.

BBC rus xizmatining ta’kidlashicha, bu Sinvarning urush boshlanganidan beri birinchi ommaviy bayonotidir. Isroil armiyasi G‘azo sektorida 229 ga yaqin kishi HAMAS tomonidan garovga olinganini ma’lum qilgan. HAMAS Isroilning bombardimonlari oqibatida G‘azodagi asirga olingan deyarli 50 kishi halok bo‘lganini aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo