08:27 / 31.10.2023
305

Putin: Dog‘istondagi voqealar Ukraina ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘zg‘atildi

Putin: Dog‘istondagi voqealar Ukraina ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘zg‘atildi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda Dog‘istondagi tartibsizliklar va Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi.

Putinning aytishicha, bir kun oldin sodir bo‘lgan tartibsizliklar Ukrainadagi ijtimoiy tarmoqlar orqali G‘arb razvedkasi tomonidan qo‘zg‘atilgan.

«Kiyevdagi barcha yuqori martabali kuratorlar o‘z qo‘l ostidagilar nima bilan shug‘ullanayotganini bilishiga ishonchim komil emas. Ular Rossiyada tartibsizliklarni keltirib chiqarmoqda», dedi u.

Putin, shuningdek, Rossiya maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari mamlakat konstitutsiyasini himoya qilish uchun qat’iy harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti viloyat rahbarlari va kuch tuzilmalariga millatlararo va dinlararo totuvlikni muhofaza qilish borasida o‘z vaqtida chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

29 oktyabr oqshomida Isroilning Tel-Aviv shahridan Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi markazi Mahachqal’a shahriga samolyot uchib kelganidan so‘ng, aeroportda yuzlab odamlar yig‘ildi. Olomon uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirdi. Yig‘ilganlar aeroportdan chiqayotgan odamlarni to‘xtatib, ularning pasportini tekshira boshladi. Aeroport faoliyati bir necha soatga to‘xtatib qo‘yildi.

Keyinchalik, Rossiya Ichki ishlar vazirligining Shimoliy Kavkaz federal okrugi bo‘yicha boshqarmasi Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar chog‘ida 60 kishi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo