Foto: Getty Images
Xitoyda mavjud dunyo onlayn xaritalaridan Isroil nomi yo‘qoldi. Buni xitoylik internet foydalanuvchilari payqadi, deb yozdi The Wall Street Journal.
Xususan, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi xaritalarida va Alibaba kompaniyasining Amap onlayn-xaritalarida Isroil yo‘qolib qolgan.
Qayd qilinishicha, Isroilning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari daxlsiz qolgan, faqat nomi yo‘qolgan. Shu bilan birga, boshqa barcha davlatlar nomi, shu jumladan Luksemburg yoki Monako kabi mitti davlatlar nomi hali ham to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
WSJ nashrining ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar «Pekinning mintaqadagi noaniq diplomatiyasiga mos keladi».
Avvalroq, BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektoridagi «urushni tugatish» uchun «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish»ga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Uni 120 davlat, jumladan Xitoy ham yoqladi, 14 davlat qarshi chiqdi, 45 davlat betaraf qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!