Foto: Kreml matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya jamoat palatasi a’zolari bilan uchrashuvda abort mavzusiga to‘xtaldi. U Rossiyada abort muammosi keskinlashganini aytib va bu borada nima qilish kerakligini bo‘yicha gapirgan.
Ma’lumki, Rossiya aholisi qisqarib borayotgan davlat sanaladi, sobiq Ittifoq oxiridayoq mamlakatda yiliga qariyb 5 milliongacha abort amalga oshirilgan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich qisqarib, 2020 yilda 400 mingdan oshiqni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan Rossiya aholisi soni o‘sishi kuzatilmayapti.
«Albatta, abort muammosi juda keskin. Bu haqda nima qilish kerakligi haqida savol ko‘ndalang turibdi. Homiladorlikni to‘xtatuvchi dorilarni taqiqlash yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush farovonligi, ijtimoiy xizmatlar, real ish haqi darajasini oshirish, yosh oilalarga uy-joy sotib olishda ko‘maklashish, boshqa sohalarda, yoshlarga moddiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish», — degan Putin.
Prezident onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab sohalar mavjudligini, Rossiya hukumati ijtimoiy sohaga mas’ul ekanini ta’kidladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda davlat bunday oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «katta ishlarni amalga oshirdi».
So‘nggi paytlarda Rossiya jamiyatida, xususan siyosiy doiralarda abortni cheklash bo‘yicha takliflar yangramoqda.
Avvalroq, Rosstat RF aholisi 2050 yilgacha qisqarishini prognoz qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring