Aleksey Navalniy yana karserga tashlandi

Dunyo1 daqiqa o'qish348
Aleksey Navalniy yana karserga tashlandi

Foto: Reuters

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan siyosatchi Aleksey Navalniy 22-marotaba jazo izolatoriga joylashtirilgan. Muxolifatchi bundan avval jazo izolatoriga 24 oktyabrda joylashtirilgandi.

«Jazo izolatoridan bir kechaga chiqarishdi va yana 15 sutka berishdi. Asos – mahkum Navalniy yozuv materiallarining musodara qilinishiga norozilik bildirib, xonasini tark etishdan va o‘zi olib borilishi kerak bo‘lgan boshqa xonaga kirishdan bosh tortgan. Shu sababli unga kun davomida to‘rt marta jismoniy kuch ishlatilgan. Natijada 22-jazo izolatori va 251 sutka», – deyiladi uning Telegram kanalidagi xabarda.

Aleksey Navalniy 2021 yil fevraldan buyon Vladimir viloyatidagi jazoni o‘tash koloniyasida saqlab kelinmoqda. Siyosatchi qamoqxona senzorlari uning xatlarini olib qo‘yayotgani, shuningdek, pulli tibbiy xizmatlardan foydalanishni taqiqlayotganidan shikoyat qilib keladi.

Avgust boshida Moskva shahar sudi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamagandi.

Navalniyga qarshi 2021 yil sentyabrida ekstremistik tashkilot tuzish va unga rahbarlik qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi. Tergov qo‘mitasi amaldagi hukumatni keskin tanqid qilib kelgan FBK(Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi)ni Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini o‘zgartirishga ekstremistik tashkilot sifatida e’lon qilgan.

Navalniy siyosiy mahbus va prezident Putinning ashaddiy raqibi sifatida ko‘riladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?