Vladimir Zelenskiy 2024 yilda Ukrainada bo‘lmasligi mumkin. Bu haqida Pentagonning sobiq tahlilchisi, podpolkovnik Karen Kvyatkovski ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Menimcha, u Ukrainada bo‘lmaydi. Va agar u yerda bo‘lsa, u bunkerda o‘tiradi. Bu yakun deb aytish mumkin", — deydi ekspert.
Kvyatkovski Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning yordamchisi yaqinda halok bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Uning fikricha, bu voqea Ukraina siyosiy va harbiy tuzilmasining “qulashi”dan darak beradi.
Uning fikricha, endi ukrainalik siyosatchilar va generallar o‘zlarining tirik qolishlari haqida qayg‘urmoqda.
Ekspertning ta’kidlashicha, G‘arbning Zelenskiyni Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga ko‘ndirishga urinishlari haqidagi ma’lumotlar uni “dahshatli ahvolga solib qo‘ymoqda”.
Butun dunyo allaqachon Ukraina prezidentini "AQSH qo‘g‘irchog‘i" sifatida ko‘rmoqda, deydi tahlilchi.
"Qo‘g‘irchoq ustasi to‘ydi, o‘yin tugadi, tomosha tugadi. <...>. U uchun hammasi tugadi", — deya xulosa qildi ekspert.