20:09 / 10.11.2023
474

Ukraina Qrimdagi Rossiya desant kemalariga zarba berdi

Ukraina Qrimdagi Rossiya desant kemalariga zarba berdi

Foto: “Serna” toifasidagi kater

Ukraina razvedkasi Qrimda Rossiya desant kemalariga zarba berib, ularni ishdan chiqarganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi 10 noyabrga o‘tar kechasi bosib olingan Qrimda operatsiya o‘tkazdi. Natijada Rossiya Qora dengiz flotining kichik desant kemalariga zarba berildi.

Gap 11770 “Serna” toifasidagi katerlar haqida ketmoqda. Bortda ekipaj, zirhli transport vositalari, jumladan, zirhli BTR-82 texnikalari bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Dastlab Ukraina Qurolli kuchlari Feodosiyadagi neft omboriga ikkita dron bilan zarba bermoqchi bo‘lgan, biroq dronlar urib tushirilgan. Shundan so‘ng Ukraina qo‘shinlari kazarmaga Neptun raketasi bilan zarba berishga uringan, biroq raketa yaqin atrofdagi yerga qulagan. Shu bilan birga, to‘rtta uchuvchisiz kater “Uzkaya” ko‘rfaziga kirib, flot katerlarini nishonga olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xodimlar orasida qurbonlar yo‘q”, — deb yozadi “Ribar” nashri.

Rossiya Mudofaa vazirligi 10 noyabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning ikkita dronini Qrim uzra tutib olganini, yana biri Tula viloyatida urib tushirilganini ma’lum qildi. Hech qanday kemaga nishonga olingani haqida xabar berilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo