08:49 / 12.11.2023
244

Eron prezidenti Isroil va AQSHni sud qilishga chaqirdi

Eron prezidenti Isroil va AQSHni sud qilishga chaqirdi

Foto: RBK

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy xalqaro sudni G‘azo sektorini o‘qqa tutgan Isroil va Amerika yetakchilarini jazolashga chaqirdi. Bu haqda u Arab Ligasining Ar-Riyoddagi sammitida aytib o‘tdi.

Sionist va amerikalik jinoyatchi yetakchilarni ta’qib qilish va jazolash uchun xalqaro sud tashkil etish zarur”, — dedi u.

Eronning Tasnim agentligi xabar berishicha, Raisiy G‘azoni qo‘llab-quvvatlovchi o‘nta taklif bilan chiqqan. Xalqaro suddan tashqari, u G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish zarurligini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, anklavda mahalliy aholini o‘ldirishni bas qilish, Isroil armiyasini u yerdan zudlik bilan olib chiqib ketish va barcha siyosiy hamda iqtisodiy cheklovlarni to‘xtatish zarur.

6 noyabr kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi BMT va MAGATEni Isroilni yadrosizlantirish choralarini ko‘rishga chaqirgandi. Bu bayonot Isroilning Quddus ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Eliyaxuning G‘azo sektorida yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi so‘zlariga munosabat bo‘ldi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vazirning bu so‘zlarini haqiqatdan yiroq deb atadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo