23:28 / 12.11.2023
554

Isroil yana G‘azodagi sulh shartini aytdi

Isroil yana G‘azodagi sulh shartini aytdi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektorida sulh faqat garovga olinganlarni ozod etish evaziga amalga oshirilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

«Biz ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladigan yagona sulh garovga olinganlarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi», dedi Netanyaxu.

Uning tushuntirishicha, HAMAS Isroil harbiy kampaniyasi barham topadigan cheksiz gumanitar pauzalarni xohlaydi, ammo bu amalga oshmaydi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bu nemislar Ikkinchi jahon urushi paytida Ittifoqchilar Normandiyaga qo‘nganidan keyin ularni qayta ta’minlash va qayta qurollantirishga imkon berish uchun pauza so‘rashiga o‘xshaydi.

Ayni damda HAMAS qo‘lida bir necha isroillik borligi aytiladi. Oldinroq Isroil HAMASning bir qism asirlarni ozod etish evaziga besh kunlik sulh o‘rnatish taklifiga rozi bo‘lmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Isroil HAMAS bilan urushga har kuni 260 million dollarga yaqin mablag‘ sarflamoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo