Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi
Foto: Telegram / manbaofficial

O‘zbekistonning birinchi xonimi, Zamin xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Istanbul shahrida Falastin bo‘yicha o‘tkazilgan sammitda ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qayg‘u-alamlarni yurakdan o‘tkazmoqda, dedi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

U har ikki tomonni ham zudlik bilan o‘t ochish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga, tang ahvolda qolgan aholiga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratishga, nizoni faqatgina tinch, diplomatiya yo‘li bilan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishga chaqirib, O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor bildirdi.

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdam va yakdil ekani, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Sammit yakunida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining G‘azo sektori bo‘yicha yig‘ilishi Yaxshi niyat deklaratsiyasi qabul qilindi.

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar