10:31 / 16.11.2023
216

«Harbiy muxbir» Tatarskiyni portlatib yuborishda ayblangan Darya Trepova sudda aybini tan olmadi

«Harbiy muxbir» Tatarskiyni portlatib yuborishda ayblangan Darya Trepova sudda aybini tan olmadi

Foto: Anton Novoderezhkin/ITAR-TASS/IMAGO

Sankt-Peterburgda 15 noyabr, chorshanba kuni 2023 yil aprelida shahar kafelaridan birida yuz bergan portlash ishi bo‘yicha sud boshlandi, unda urush tarafdori bo‘lgan bloger Vladlen Tatarskiy (haqiqiy ismi Maksim Fomin) halok bo‘lgandi.

2-G‘arbiy harbiy okrug sudining birinchi sayyor majlisida sudlanuvchi Darya Trepova «terrorchilik harakati» va «portlovchi qurilmalarning noqonuniy aylanmasi» moddalari bo‘yicha o‘z aybini tan olmasligini va avval berilgan ko‘rsatmalari to‘g‘ri ekanini aytdi, deb yozadi «Fontanka» sud zalidan. Trepova «hujjatlarni qalbakilashtirish» moddasi bo‘yicha o‘z aybini to‘liq tan olgan.

Sudda ayblov xulosasi o‘qib eshittirildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 2 aprelda Trepova Ukrainadan kelgan kuratorlar ko‘rsatmasi bilan Street Food Bar № 1 kafesiga portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan haykalchani olib kelib, «harbiy muxbir» Tatarskiyga topshirgan. Portlashda Tatarskiy halok bo‘ldi, 52 kishi yaralandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ishda 85 kishi jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan.

Trepovaning sherigi deb taxmin qilingan shaxs aybini qisman tan oldi

Kvartirasida Trepova qo‘lga olingan Dmitriy Kasinsev ham sud oldida javob berdi. U «jinoyatni yashirish»da ayblanmoqda hamda aybini qisman tan oldi, lekin jinoyat qanday tasniflangani bilan rozi emas - dastlab u «jinoyat haqida xabar bermaslik»da gumon qilingan, ammo keyin ayblov kuchaytirilgan.

Kasinsev uy qamog‘ida, Trepova esa - tergov izolatorida. Sud ish bo‘yicha navbatdagi majlisni 17 noyabrga belgiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo