Foto: president.gov.ua
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinchiligi paytida Ukraina Qora dengizdagi tashabbusni Rossiyadan tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (RABSES) sammitida ma’lum qildi.
«Biz Qora dengizdagi tashabbusni Rossiyadan tortib olishga muvaffaq bo‘ldik va tajovuzkorni akvatoriyaning sharqiy qismidan qochishga va harbiy kemalarini yashirishga majbur qildik. Biz shunday xavfsizlik sharoitlarini yaratdik. Dunyoda birinchi marta Qora dengizda dronlar floti faoliyat ko‘rsata boshladi – bu Ukraina floti», dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina harakatlarining asosiy natijalaridan biri – endi Rossiya Qora dengizdan dunyoning boshqa mintaqalarini beqarorlashtirish uchun tramplin sifatida foydalanishga qodir emas.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qora dengizning g‘arbiy qismini himoya qilishni ta’minlay olganini, bu esa Ukraina mahsulotlarini dengiz yo‘laklari orqali eksport qilishga imkon berganini ta’kidladi.
Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasiga (RABSES) Ozarboyjon, Albaniya, Armaniston, Bolgariya, Gretsiya, Gruziya, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Turkiya va Ukraina kiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring